Avto

Toyota avtomobillarini ishlab chiqarish ketma-ket toʻqqizinchi oy kamaydi

Lekin sotuvlar deyarli yarim yil ichida birinchi marta oshdi
Foto: Reuters / Jordan Vonderhaar

Toyota kompaniyasi oktabr oyida ketma-ket to‘qqizinchi oy davomida avtomobil ishlab chiqarishni qisqartirdi. bu AQSh va Xitoyda ishlab chiqarishning sezilarli darajada pasayishi bilan bogʻliq, deya xabar bermoqda Reuters nashri.

Ma’lum qilinishicha, mazkur davrda Toyota butun dunyo boʻylab 893 mingta avtomobil ishlab chiqargan, bu bir yil oldingiga nisbatan 0,8 foizga va sentabr oyiga nisbatan esa 8 foizga kamdir.

Xavfsizlik yostiqchasi muammosi tufayli Grand Highlander va Lexus TX avtomobillarini ishlab chiqarish toʻrt oy davomida toʻxtatilgani sababli Qoʻshma Shtatlardagi ishlab chiqarish 13 foizga kamaydi. Modellarni ishlab chiqarish 21-oktabrda qayta tiklandi va avtomobil ishlab chiqaruvchining Indianadagi zavodida mahsulot ishlab chiqarish yanvar oyida me’yorga qaytishi kutilmoqda.

Mahalliy brendlar bilan raqobat keskinligicha qolayotgan Xitoyda ishlab chiqarish hajmi 9 foizga kamaydi. Shuningdek, Tailandda ham talab kam boʻlgani uchun avtomobil ishlab chiqarish 13 foizga kamaygan.

Oʻz navbatida, kompaniya besh oy ichida birinchi marta jahon savdosining oʻsishi 1,4 foizga oshib, 903 mingta avtomobilni tashkil etdi, bu oktabr oyi uchun rekord hisoblanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yangi Chevrolet Aveo taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.