1954-yilda ishlab chiqarilgan noyob Mercedes-Benz W 196 R Stromlinienwagen poyga mashinasi Sotheby’s auksionida sotiladi, deb xabar berdi «Championat.com».
Kimoshdi savdosi 2025-yil fevral oyining boshiga rejalashtirilgan. Lotning boshlang‘ich narxi 50 million yevroni tashkil qiladi.
Jami 14 ta Stromlinienwagen ishlab chiqarilgan, ammo 1955-yil oxiriga kelib ulardan faqat o’ntasi saqlanib qolgan. Avtomobilning o‘ziga xosligi shundaki, u turli kuzovlar bilan jihozlanishi mumkin.
Sotuvga qo‘yilayotgan avtomobil jismoniy shaxslar sotib olishi mumkin bo‘lgan to‘rtta avtomobilning birinchisidir.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Mercedes-Benz avtomobil konserni sof foydasi 54 foizga kamaygani haqida yozgan edi.