29-noyabr kuni respublikaning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin
Foto: Piqsels

Bugun, 29-noyabr kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida tuman tushadi va yog‘ingarchilik kuzatiladi. Faqat Xorazm viloyati va Farg‘ona vodiysida quruq havo bo‘ladi. O‘rtacha havo harorati 10-15 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.

Poytaxtda havo bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Kunduzi harorat 13-15 daraja, kechasi esa 8-10 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ham yomg‘ir va qor yog‘adi. Ba’zi joylarda kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi. Sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Kunduzi va kechasi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek