Biznes finans obligatsiyalari: 27% kupon stavkasi bilan birjada savdoga chiqadi

eʼlon qilindi
Ushbu obligatsiyalarni joylashtirish orqali kompaniya 30 milliard so‘m mablag‘ jalb qilishni rejalashtirgan
Foto: leungchopan / Depositphotos.com

Biznes finans mikromoliya tashkilotining korporativ obligatsiyalar uchinchi chiqariluvi 29-noyabrdan birja kotirovkalash varagʻi Bond Market obligatsiyalar bozoriga kiritildi. Bu haqda «Toshkent» respublika fond birjasi axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, obligatsiyalarning umumiy soni 300 mingta boʻlib, ularning nominal qiymati har bir obligatsiya uchun 100 ming soʻmni tashkil etdi. Kupon stavkasi esa 27 foiz qilib belgilangan. Ushbu obligatsiyalarni joylashtirish orqali kompaniya 30 milliard so‘m mablag‘ jalb qilishni rejalashtirgan.

Ma’lumot uchun, Biznes finans mikromoliya tashkiloti turli moliyaviy xizmatlarni taqdim etadi. Mikroqarzlar, mikrokreditlar berish, faktoring shular jumlasidandir.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yashil obligatsiyalardan investorlar qancha daromad olishi haqida yozgan edi.

Shuningdek