Buxoro viloyatining Kogon tumanidagi issiqxona 8,8 milliard so‘mlik gazni noqonuniy sarfladi. Bu haqda «Hududgazta’minot» xabar berdi.
Issiqxona egasi gaz tarmog‘iga noqonuniy ulangan. Hozirgi kunda mazkur ish huquqni muhofaza qiluvchi organlarga o‘tkazildi.
Eslatib oʻtamiz, 2024-yilning yanvar oyidan mart oyining oʻrtalariga qadar Oʻzbekistonda gaz va elektr energiyasini oʻgʻirlashdan koʻrilgan zarar 215 milliard soʻmni tashkil etgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Jizzax viloyatidagi agrofirma 3,4 milliard so‘mlik elektr energiyasini noqonuniy sarflagani haqida yozgan edi.