Heineken kompaniyasi Dubayda joylashgan Maritime and Mercantile International (MMI), Emirates Groupning sho‘ba korxonasi bilan kelishuv asosida Fors ko‘rfazida birinchi yirik pivoxonani qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda New Arab axborot nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, ikki kompaniya o‘rtasidagi 20 yildan beri Dubayga pivo yetkazib berib kelayotgan Sirocco qo‘shma korxonasi 2025-yilda zavod qurilishini boshlashni maqsad qilgan. Loyihaning 2027-yilda yakunlanishi kutilmoqda. Ushbu zavod Heineken, Amstel, Birra Moretti va Kingfisher kabi 170 ta brendga tegishli pivolarni ishlab chiqaradi.
Kompaniya xodimlari sonini 60 dan 190 kishiga oshirishni rejalashtirmoqda. Sirocconing bosh menejeri Georgios Polimenakos zavodning mahalliy ishlab chiqarish imkoniyati o‘sib borayotgan turizm talabini qondirish va xalqaro sifat standartlarini saqlagan holda yangi pivo taqdim etishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dubayda rekord og‘irlikdagi oltin quymasi tayyorlangani haqida yozgan edik.