IQAir: Toshkent havosidan nafas olish salomatlik uchun zararli
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Poytaxt havosi eng iflos shaharlar beshtaligiga kirdi
                    
                            
IQAir monitoring platformasi ma’lumotlariga koʻra, 29-noyabr, juma kuni Toshkentda havo ifloslanishining xavfli darajasi qayd etilgan.
Shahar atmosferasida PM2,5 (asfalt zarralari, shinalar va og‘ir metallar birikmalari) kontsentratsiyasi me’yordan 14,4 barobar oshdi.
O‘zbekiston poytaxti havosi eng iflos shaharlar reytingida beshinchi o‘rinni egalladi.
Kursiv Uzbekistan avvalroq yozganidek, 28-noyabr kuni Toshkent havosi deyarli toza edi.
