Jismoniy shaxslarga faqat bitta bank kartasi berilishi haqida tarqalayotgan ma’lumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi — Markaziy bank

eʼlon qilindi
Bir jismoniy shaxsga vaqtincha 5 tagacha, barcha banklarda 20 tagacha bank kartasi berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda
Foto: Kursiv Uzbekistan / Vadim Yerzikov

Markaziy bank ijtimoiy tarmoqlarda bir jismoniy shaxsga faqat bitta bank kartasi berilishi haqida tarqatilgan ma’lumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini ma’lum qildi.

Bank kartalari bilan bogʻliq firibgarlik operatsiyalarini oldini olish maqsadida hozirgi kunda banklar tomonidan bir jismoniy shaxsga 5 tagacha, barcha banklarda 20 tagacha bank kartasi berish masalasi koʻrib chiqilmoqda.

Shuningdek, bunda ushbu talab chet el valyutasida ochilgan bank kartalariga nisbatan tatbiq etilmasligi koʻzda tutilmoqda.

Regulyatorning ma’lum qilishicha, hozirda jismoniy shaxslarning 97 foizida 5 tagacha, 3 foizida 5 – 20 ta, 0,03 foizida esa 20 tadan ortiq kartalar mavjud. Bunday kartalarning ba’zi qismlari firibgarlik maqsadlarida ishlatilayotganligi aniqlangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Markaziy bank nega har bir shaxs uchun plastik kartalar sonini cheklashni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek