Yangiliklar

O‘zbekistonda Creative Incubator loyihasi ishga tushirildi

Startap-ekotizimi va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan
Foto: Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi

29-noyabr kuni O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, IT Park Uzbekistan hamda Vestminster universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda jamg‘arma matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu tashabbus yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, startap-ekotizimi va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan Creative Incubator loyihasining boshlanishini belgiladi. Loyiha ijodiy sanoatlarni rivojlantirish, ta’lim, madaniyat va texnologiyalarni birlashtirish uchun platforma yaratishni maqsad qilgan.

Creative Incubator kreatorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratib, kreativ iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda kreativ industriya parki tashkil etilishi haqida yozgan edi.