O‘zbekistonda rasman ishlayotgan talabalar soni 115 ming nafardan oshdi

eʼlon qilindi
Hududlar bo‘yicha Toshkent shahri yetakchi
Foto: AndrewLozovyi/Depositphotos

«Yagona milliy mehnat tizimi» ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 115 601 nafar talaba rasman ish bilan band. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi xabar berdi.

Ularning aksariyati davlat tashkilotlarida ishlab kelmoqda. Shu bilan birga, xususiy sektorda faoliyat yuritayotganlar ham ko‘pchilikni tashkil etadi.

Talabalar orasida erkaklarning ulushi 58,7 foiz, ayollarniki esa 41,3 foizni tashkil etadi. Hududlar bo‘yicha Toshkent shahri yetakchi bo‘lib, poytaxtda ishlayotgan talabalar soni 36 ming nafarga yetgan. Shuningdek, Samarqand, Farg‘ona, Toshkent viloyati va Qashqadaryo viloyatlari bandlik bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga ega.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan talabalar stipendiya miqdori haqida qanday fikrdaligi haqida yozgan edi.

Shuningdek