Oʻzbekistonning Turkmanistondagi yangi elchisi tayinlandi
eʼlon qilindi
U Oliy Majlis Senatida ishlagan

Bugun, 29-noyabr kuni Oʻzbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi Ravshanbek Alimov Turkmaniston poytaxtiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» axborot agentligi.
Alimov 2020 – 2024-yillarda Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi vazifasida ishlagan.
«Yangi tayinlangan elchi ingliz, fransuz, rus va ukrain tillarini mukammal biladi», – deyiladi xabarda.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonning Chernogoriyadagi birinchi elchisi tayinlangani haqida xabar bergan edi.