Sohar International O‘zbekiston bank bozoriga kirishi mumkin

eʼlon qilindi
Ikki tomonlama hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi
Foto: Meafinance.com

Markaziy bank rahbariyati Sohar International kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, uchrashuvda Sohar International O‘zbekiston bank bozoriga kirish rejalari va ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Bank vakillari o‘zlarining strategik qarashlarini taqdim etib, O‘zbekiston bank tizimidagi yuqori investitsion salohiyatni e’tirof etdilar hamda mamlakat bozoriga kirishga qiziqish bildirdilar.

Markaziy bank esa moliya bozorini rivojlantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va xalqaro standartlarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi. Bu uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim qadam bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Masato Kanda Osiyo Taraqqiyot Banki prezidenti etib saylangani haqida yozgan edik.

Shuningdek