Yangiliklar

Soliq xizmatlarida vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi

30-noyabr soat 00:00 dan 2-dekabr 06:00 gacha
Foto: Pexels.com

Soliq qo‘mitasi ma’lumotlar bazasini yangi serverlarga ko‘chirayotgani sababli elektron xizmat ko‘rsatishda ayrim cheklovlar yuzaga kelishi bilan ogohlantirdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2024-yil 30-noyabr soat 00:00 dan 2-dekabr 06:00 gacha ayrim axborot tizimlari va elektron xizmatlar ishlashida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi mumkin.

Mazkur cheklovlar soliq to‘lovlari, deklaratsiya yuborish, elektron murojaatlar va boshqa xizmatlarni qamrab oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq soliq sohasida kelgusi yil 1-yanvardan boshlab nimalar o‘zgarishi haqida yozgan edik.