Urganch xalqaro aeroportini modernizatsiya qilish boʻyicha tenderning birinchi bosqichi yakunlandi

eʼlon qilindi
Birinchi bosqichda jami sakkizta kompaniya ishtirok etib ulardan beshtasi keyingi yakuniy bosqichga o‘tdi
Foto: Uzbekistan Airports

Urganch aeroportini DXSh modeli boʻyicha modernizatsiya qilish va boshqarish loyihasi boʻyicha tenderning birinchi bosqichi yakunlandi. Bu haqda Uzbekistan Airports axborot xizmati xabar berdi.

«Barcha taqdim etilgan takliflarni sinchiklab koʻrib chiqib, idoralararo tender komissiyasi RfQ bosqichidan oʻtgan ishtirokchilarni tasdiqladi. Birinchi bosqichda jami sakkizta kompaniya ishtirok etdi, ulardan beshtasi keyingi yakuniy bosqichga – takliflar soʻroviga (RfP) oʻtdi, unda tender gʻolibi aniqlanadi», – deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, modernizatsiyalash jarayonlari Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati, Transport vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» Uzbekistan Airports kompaniyasi Urganch aeroportini boshqarish boʻyicha tender e’lon qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek