Avto

Volkswagen kompaniyasi toʻgʻridan toʻgʻri savdo modelidan voz kechmoqchi

Elektromobillarni toʻgʻridan toʻgʻri sotish Yevropaning zaif bozorlarida qiyin vazifaga aylandi
Foto: Mirroni / depositphotos.com

Volkswagen Group xarajatlarni kamaytirish va raqobatbardoshligini saqlab qolish uchun oʻz biznes strategiyasini qayta koʻrib chiqmoqda. Bu haqda Ithome xabar berdi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, bir vaqtning oʻzida elektromobillarni toʻgʻridan toʻgʻri savdo orqali va benzinli avtomobillarni anʼanaviy kanallar orqali sotish Yevropaning zaif bozorlarida qiyin vazifaga aylandi, chunki xaridorlar elektromobillarni sotib olishga shoshilmayapti.

Volkswagen Group savdo boshqaruvi aʼzosi Marko Shubert naziyatda quyidagicha izoh berdi: “Murakkab doiraviy sharoitlarni hisobga olgan holda, biz hozirgi modelimiz mijozlarga eng yaxshi xizmat koʻrsatishni taʼminlay oladimi yoki yoʻqligini qayta koʻrib chiqishga majburmiz.»

Eslatib oʻtamiz, toʻgʻridan toʻgʻri sotish modelida Tesla anʼanaviy dilerlarni ortda qoldirib, avtomobillarni toʻgʻridan toʻgʻri oʻz doʻkonlari tarmogʻi va onlayn kanallari orqali sotadi. Koʻpgina avtomobil ishlab chiqaruvchilari, jumladan, Volkswagen ham xuddi shunday yoʻl tutishga harakat qilib kelmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekista yangi Chevrolet Aveo taqdim etilgani haqida xabar bergan edi.