Oliy Majlis Qonunchilik palatasida jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan qonun loyihasi siyosiy partiyalar fraksiyalari muhokamasiga tayyorlanmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati xabar berdi.
Ushbu harakatni birinchi marta sodir etganlik uchun – BHMning 3 baravari (1 mln 125 ming soʻm) miqdorida, bir yil davomida takroran sodir etilgan boʻlsa – BHMning 5 baravari miqdorida (1 mln 875 ming soʻm) jarima belgilanmoqda.
«Qonun loyihasiga asosan, Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yoʻlaklarda harakatlanish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilash nazarda tutilmoqda», – deyiladi xabarda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan poytaxt jamoat transporti 24 soatlik rejimga oʻtkazilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.