Yangiliklar

Oʻzbekistonda dekabr oyida qanday ob-havo boʻlishi ma’lum qilindi

Oyning birinchi o‘n kunligida havo harorati +3...+8° atrofida bo‘ladi
Foto: Kursiv Uzbekistan

1-dekabrdan 10-dekabrgacha Oʻzbekistonda havo harorati kunduzi +3…+8° atrofida, kechasi esa 3…+2° atrofida boʻladi. Bu haqda «Oʻzgidromet» xabar berdi.

1–2-dekabrda respublikada yomgʻir yogʻishi, ba’zi joylarda qorga aylanishi kutilmoqda. Dekabr oyining oxirigacha quruq ob-havo saqlanib turadi.

Dekabr oyining ikkinchi va uchinchi oʻn kunligida harorat kechasi 0…-5 dan +2…+7° gacha, kunduzi +3…+8° dan +10…+15° gacha oʻzgarib turishi kutilmoqda.

Respublikaning shimoliy hududlarida kechasi -17 darajagacha, kunduzi -2 darajagacha sovuq boʻlishi mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan dekabr oyi boshida Oʻzbekistonda ob-havo haqida yozgan edi.