Abu-Dabi aeroportida kecha 31 nafar O‘zbekiston fuqarosi ushlab qolindi. Bu haqda O‘zbekistonning BAAdagi elchixonasi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, fuqarolarning barchasi Wizz Air aviakompaniyasining Toshkentdan uchib kelgan reysida yetib kelishgan.
Diplomatik vakolatxona O‘zbekiston fuqarolarini Abu-Dabiga kiritmaslik sababini aniqlay olmadi. Ammo elchixona aeroport ma’muriyati bilan bog‘lanib, vatandoshlarimizni oziq-ovqat bilan ta’minlash va zarur bo‘lsa, tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BAA kompaniyasi O‘zbekistonda 1000 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyani barpo etishi haqida xabar bergan edik.