
1-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 03:28 dan boshlab, Namangan xalqaro aeroportida ob-havo yomonlashuvi tufayli havo kemalarini qabul qilish vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda Uzbekistan Airport ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, cheklovlar davomida barcha reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirilmoqda. Xususan, «Ural Airlines» aviakompaniyasining Domodedovo – Namangan yo‘nalishidagi U62611 reysi Farg‘ona aeroportiga yo‘naltirildi.
Ob-havo yaxshilanishi bilan aeroport odatiy faoliyatini tiklaydi. Yo‘lovchilarga reyslar haqidagi yangiliklarni kuzatib borish tavsiya etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uzbekistan Airways Pokistonga parvozlarni yoʻlga qoʻygani haqida yozgan edik.