O‘zbekiston fuqarolari korrupsiya xavfi eng yuqori sohalarni aniqlab berdi

eʼlon qilindi
So‘rovnomada 46 mingdan ziyod obunachilar ishtirok etdi
Foto: Bbc.com

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, fuqarolar sog‘liqni saqlash sohasini korrupsiya xavfi eng yuqori bo‘lgan yo‘nalish sifatida tanlagan. So‘rovnoma agentlikning rasmiy telegram sahifasida o‘tkazilgan.

Unda qatnashganlarning 33 foizi aynan ushbu sohada muammo mavjud deb hisoblashgan.

Shuningdek, so‘rovda mahalliy hokimliklar faoliyati 16%, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati 14%, qurilish sohasida 13%, ta’lim sohasida 9% va boshqa yo‘nalishlar esa nisbatan kamroq ko‘rsatkichlarni qayd etgan.

Bu natijalar korrupsiya xavfi yuqori bo‘lgan sohalarni aniqlash va ularga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonliklarning 74 foizi korrupsiya haqida xabar berishga tayyorligi haqida yozgan edik.

Shuningdek