Rossiyalik jurnalist Aleksey Pivovarov Nukus shahrida hibsga olindi

eʼlon qilindi
O‘sha kuni kechqurun uni qo‘yib yuborishdi
Foto: Tatler

Qoraqalpogʻiston poytaxti Nukus shahrida mashhur rossiyalik jurnalist va YouTube bloger Aleksey Pivovarov hibsga olindi. U bilan birga uning «Redaksiya» loyihasining suratga olish guruhi va mahalliy Hook portalining muxbiri Ferida Maxsetova ham huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan olib ketildi. Bu haqda Hook nashri xabar berdi.

Hook nashrining maʼlumotiga koʻra, jurnalistlarni nomaʼlum bir fuqaroning arizasi asosida «suhbat uchun» olib ketishgan.Ma’lum qilinishicha, suratga olish guruhidan olingan material olib qo‘yilgan.

Bu holatga Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi izoh berdi. Diplomatik vakolatxona Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi bilan bogʻlanib, Rossiya fuqarolariga «kerakli yordam» koʻrsatishga vaʼda berdi.

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi mahalliy boshqarmasi jurnalistlarning hibsga olinishi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilinmaganligi bilan bog‘liqligini ma’lum qildi.

Keyinroq Hook Pivovarov, Maxsetova va ularning hamkasblari Nukus IIBBdan qo‘yib yuborilganini ma’lum qildi. Jurnalistlar Toshkentga joʻnab ketishdi, lekin respublikada suratga olingan materialsiz.

Pivovarovning o‘zi shaxsiy Telegram-kanalida Nukusdagi huquq-tartibot idoralari «xushmuomala va odobli» bo‘lganini yozdi. U «xavotir olib va bezovta bo‘lgan» barchaga minnatdorchilik bildirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan rossiyalik bloger Ilya Varlamovning O‘zbekiston haqidagi video haqida yozgan edi.

Shuningdek