Yangiliklar

Fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi orqali loyihalar uchun qancha mablag‘ ajratilgan

Fuqarolik jamiyatlarini qo‘llab-quvvatlash fondi orqali
Foto: tatyanabezrukova70.gmail.com/Depositphotos

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish loyihalariga qancha mablag‘ ajratilgani ma’lum bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich respublikada 2-dekabrdan boshlangan va 6-dekabrga qadar davom etadigan «Fuqarolik jamiyati haftaligi»da e’lon qilindi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri ma’lum qildi.   

Qayd etilishicha, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyatlarini qo’llab-quvvatlash fondi orqali so‘ngi yetti yilda 2,2 mingdan ziyod loyihalar uchun deyarli 2 trln so‘m mablag‘ ajratilgan.

«2008 – 2016-yillarga, ushbu miqdorni (2,2 mingdan ziyod loyihalar — 2 trln so‘m mablag‘ -tahr.) solishtirsak bugungi kunga kelib, bu ko‘rsatkichlar 30 barobarga oshgan», – deydi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Mavluda Xodjayeva.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentda «Fuqarolik jamiyati haftaligi» boshlangani haqida xabar bergan edi.