Avto

BYD sotuvlar bo‘yicha yana bir bor rekord o‘rnatdi

BYD
Noyabr oyida xitoy brendi deyarli 507 mingta avtomobil sotdi
Foto: BYD / Facebook

2024-yil noyabr oyida BYD kompaniyasi jami 506,8 mingta yangi elektromobillarini sotdi. Bu haqda kompaniya o‘zining Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, kompaniya tomonidan Qin seriyali versiyalar budjetli versiyalar bo‘ldi. Qin Plus, Qin L va Qin EV. Bir oyda ushbu seriyadan 87 mingdan ziyod sotildi, yil boshidan beri Qin modellari 648,6 mingdan ortiq sotilgan.

Han seriyasidagi modellari 30,4 mingdan ziyod sotilgan bo‘lib, yil boshidan beri 11 oyi davomida 224,3 mingdan ortiq sotildi.

Premium sub-brendlarining sotuvlari biroz pastroq. Masalan, bir oyda 6,1 ming dona Denza D9, 3,5 mingdan ortiq Denza Z9 GT va 345 dona Denza N7 sotilgan.

Ma’lumot uchun, BYD kompaniyasining avtomobil sotuvida yillik o‘sish 67,2 foizga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan BYD yangilangan Han 2025 sedanini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.