Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) Toshkent shahrida joylashgan «Oʻznaslchilik” davlat korxonasi joylashgan yer uchastkasini sotuvga qoʻydi. Bu haqda E-auksion platformasida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, korxona Mirzo Ulugʻbek tumani «Ijodkor» MFYda joylashib, hududi 5,4 gektar maydonni egallagan. Binolar va inshootlar egallangan umumiy maydon esa 10,7 ming kvadrat metrni tashkil etadi.
Korxonaning boshlang‘ich narxi 116,46 milliardga baholangan. Zakalat pul miqdori taklif etilayotgan narxning 5 foizini tashkil qiladi. Auksion 31-dekabr kuni soat 10:00 da boʻlib oʻtadi. Arizalar esa 31-dekabr soat 9:00 ga qadar qabul qilinadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Davaktiv ikkita mehmonxona va bitta sport faoliyati bilan shugʻullanadigan kompaniyani sotuvga qoʻygani haqida xabar bergan edi.