Yangiliklar

Oʻzbekistonda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari uchun bir qator yangi taqiqlar belgilandi

Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi
Foto: Bumble-Dee / https://depositphotos.com

Oʻzbekistonda Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlarida xizmatni oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda. Bu haqda prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishga doir taqiqlar belgilanmoqda.

Shuningdek, oʻz xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovgʻalar olishga, qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan oʻz xizmat mavqeyi bilan bogʻliq holda foydalanishga doir taqiqlar qoʻyildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shuhrat Xolmuhamedov Mudofaa vaziri boʻlgani haqida xabar bergan edi.