O‘zbekistonda NNT soni 10 mingdan oshdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Ularda 70 mingdan ortiq fuqarolar ishlaydi
Foto: Unsplash

2024-yil dekabrga qadar O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) soni 10 mingdan oshdi. Bu haqda Respublika Adliya vaziri Akbar Tashqulov «Fuqarolik jamiyati haftaligi»da ma’lum qildi.

Tashqulovning ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda nodavlat notijorat tashkilotlarida  70 mingdan ortiq fuqarolar ishlamoqda.

«Bugungi kunda respublikamizda faoliyat yuritayotgan barcha NNTlar  jamiyatda amalga oshirilayotgan islohotlarda keng ishtirok etmoqda», – dedi rahbar.

Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalari soni so‘nggi yetti yilda taxminan ikki barobarga oshganiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, fuqarolik jamiyati haftaligi 6-dekabrgacha davom etadi va tadbirda 40 mingdan ortiq xalqaro tashkilotlar ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlari barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek