O‘zbekistonda UnionPay xalqaro toʻlov tizimi rivojlantiriladi
Markaziy bankda UnionPay xalqaro toʻlov tizimi vitse-prezidenti Liu Xeng boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, uchrashuvda kompaniyaning Oʻzbekistondagi faoliyati, erishgan yutuqlari va kelgusi rejalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda delegatsiya mamlakatda innovatsion xizmatlar, jumladan, onlayn toʻlovlar, QR-kodli toʻlovlar va mahalliy banklar bilan integratsiyani rivojlantirish rejalari haqida ma’lumot berdi.
Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish hamda turistik salohiyatni hisobga olib, milliy toʻlov tizimlari bilan hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlari ham koʻrib chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sohar International O‘zbekiston bank bozoriga kirishi mumkinligi haqida yozgan edik.