Qibrayda kechayu kunduz ishlaydigan «Yoshlar sayilgohi» tashkil etiladi
Qibray tumanida «Yoshlar sayligohi» majmuasining qurilishi boshlanadi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi xabar berdi.
2024-yilning ikkinchi mavsumida «Tashabbusli budjet» dasturi doirasida Qibray tumanida «Yoshlar sayilgohi» majmuasini barpo etish loyihasi gʻolib deb topildi. Mazkur loyihaga viloyat hokimining qaroriga muvofiq, «Sohibkor» mahalla fuqarolar yigʻini hududidan 0,60 gektar yer maydoni ajratilib, majmua qurilishi boshlanadi. Loyihaga bo‘yicha sayilgohga 1000 nafarga yaqin yoshlar jalb qilinadi.
Majmua tun-u kun ishlab, unda kovorking zonasi, karaoke klubi, kibersport maydonchalari kabi innovatsion va ko‘ngilochar xizmatlar taqdim etiladi. Shuningdek, turizm, san’at va savdo xizmatlariga ixtisoslashtirilgan maskanlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Zangiota tumanida oʻzbek – turk sanoat zonasi foydalanishga topshirilgani haqida yozgan edi.