Toshkentda «Fuqarolik jamiyati haftaligi» boshlandi

eʼlon qilindi
Ushbu tadbir prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tashkil etilmoqda
Foto: Kursiv Uzbekistan / Zohid Qurbonov

Joriy yilning 2-dekabr kuni Toshkentda «Fuqarolik jamiyati haftaligi» boshlandi. Tadbir 6- dekabrga qadar davom etadi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri xabar berdi.

Ushbu tadbir prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan fuqarolik jamiyati institutlari yo‘nalishida islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni muhokama qilish va demokratik taraqqiyot yo‘lini davom ettirish maqsadida tashkil qilinmoqda.

Tadbirlarda ikki mingdan ziyod ekspertlar, jamoatchilik fikri yetakchilari, fuqarolik jamiyati institutlari, parlament a’zolari va faol fuqarolar ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan joriy aprel oyida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi mamlakatda fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlashga sakkizta loyiha uchun 3,5 mln yevro ajratishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek