Ulugʻbek Tavakkalov «Kapitalbank» ATB Kuzatuv kengashi raisi maslahatchisi sifatida ish boshladi. Bu xabarni Kursiv Uzbekistan nashriga Tavakkalovning o‘zi tasdiqladi.
Unga ko‘ra, u yetti oy davomida Madad Invest Bank boshqaruvi raisi lavozimida ishlab keldi. Endilikda Ulug‘bek Tavakkalov «Kapitalbank»ning chakana biznes faoliyatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tavakkalovning Madad Invest bank boshqaruv raisi lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edik.