Xiaomi avtomobil zavodi 200 foiz yuklamada, ikki baravar ko‘proq avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Ithome xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xiaomi SU7 avtomobillari bo‘yicha oldindan buyurtmalar soni bir hafta ichida 6 mingdan oshdi. Shuningdek, noyabr oyida kompaniya 25 mingdan ortiq oldindan to‘langan buyurtma olgan.
Xiaomi SU7 avtomobillarining noyabr oyi davomida yetkazib berilgan hajmi 20 mingdan oshdi. Kompaniya yil yakuniga qadar 130 mingta avtomobil yetkazib berishni rejalashtirmoqda.
Ma’lum qilinishicha, dekabr oyida esa Xiaomi SU7 avtomobillarining oylik ishlab chiqarish hajmi 24 ming donaga yetkazilishi kutilmoqda.
Kompaniyaning avtomobil zavodi yiliga 150 mingta avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega. Biroq zavodning birinchi navbatchilik quvvati 200 foiz yuklama bilan ishlamoqda. Bu esa zavodning oylik avtomobil ishlab chiqarish hajmi 12,5 ming donadan 24 ming donagacha oshganini anglatadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi 2024-yilning III choragida rekord daromadga erishgani haqida xabar bergan edi.