Yaponiya bosh vaziri Isibaning korteji avariyaga uchradi

eʼlon qilindi
bosh vazir va ekipajga zarar yetmagan
Foto: Kyodo

Yaponiya bosh vaziri Sigeru Isibaning avtomobili uning kortejini qoʻriqlayotgan politsiya avtomobili bilan toʻqnashib ketdi. Bu haqda Kyodo axborot agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bosh vazir va ekipajga zarar yetmagan. Ichida bosh vazir boʻlgan avtomobil qizil chiroqda toʻxtab turgan politsiya mashinasining orqasidan kelib urgan. Hodisa Tottori shahrida yuz berib, bosh vazir Tokioga qaytishi uchun aeroportga yoʻl olganida sodir boʻlgan.

Bosh vazir Tottorida hukmron Liberal-demokratik partiya faollari va mahalliy aholi bilan uchrashuv oʻtkazgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Yaponiya hukumati iste’foga chiqqani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek