Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo oʻyinlari Toshkentda oʻtkazilmaydigan boʻldi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
2025-yilda Bahraynda bo‘lib o‘tadi
2025-yilgi yoshlar o‘rtasidagi Osiyo oʻyinlari Oʻzbekistonda oʻtkazilmaydigan boʻldi. Bu haqda Osiyo olimpiya kengashi X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida ma’lum qildi.
Osiyo olimpiya kengashining ma’lum qilishicha, Oʻzbekiston mezbonligida Toshkentda oʻtkazilishi rejalashtirilgan Yoshlar oʻrtasidagi 3-Osiyo oʻyinlari 2025-yilda Bahraynda oʻtkaziladi.
Mazkur qaror 2-dekabr kuni oʻtkazilgan tashkilot ijroi qoʻmitasi yigʻilishida qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz, oxirgi oʻtkazilgan musobaqa 2013-yilning 16 – 24-avgust kunlari Xitoyning Nankin shahrida boʻlib oʻtgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Olimpiya shaharchasi qurilishi qanday ketayotgani haqida xabar bergan edi.