3-dekabr kuni respublikada qanday ob-havo bo‘ladi
eʼlon qilindi
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi

Bugun, 3-dekabr kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ertalab va kechqurun tuman tushishi mumkin. O‘rtacha havo harorati 7-12 daraja iliq, shimolda esa 0-5 daraja iliq bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.
Poytaxtda tuman tushishi ehtimoli bor, yomg‘ir yog‘maydi. Kunduzi havo 10 darajagacha ko‘tariladi, kechasi harorat 1 darajaga sovuq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ham yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kunduzi 3 daraja iliq, kechga kelib 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.