AQSh O‘zbekistonning sobiq amaldorlariga qarshi sanksiyalar kiritdi

eʼlon qilindi
Bu haqda AQSh Moliya vazirligi xabar berdi
Foto: Unsplash

AQSh O‘zbekistonning uch nafar sobiq amaldoriga odam savdosi hamda bolalarga nisbatan jismoniy va jinsiy zo‘ravonlik qilgani uchun sanksiyalar joriy etdi. Bu haqda AQSh Moliya vazirligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu voqealar Urganch shahridagi bolalar uylaridan birida yuz bergan. Muassasaning sobiq rahbari Yulduz Xudoyberganova, Xorazm viloyati adliya boshqarmasining sobiq rahbari Oybek Masharipov va Yangiariq tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limining sobiq boshlig‘i Anvar Quryazovga qarshi sanksiyalar kiritilgan. Ular «jismoniy va jinsiy zo‘ravonlik hamda yetim bolalar savdosida takroriy ishtirok etganlikda» ayblangan.

Mazkur sanksiyalar ushbu shaxslarning AQSh vizasini olishiga cheklov qo‘yishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, sanksiyalar ularning yaqin qarindoshlariga ham tatbiq etilishi ma’lum qilingan.

Xudoyberganova, Masharipov va Quryazovga nisbatan sud hukmi chiqarilgan. Xudoyberganova 5,5 yilga, qolgan ikki shaxs esa 3 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunni imzolagani haqida xabar bergandi.

Shuningdek