O‘zbekistonda «Bir million dasturchi» dasturining yangi mavsumi boshlandi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot kotibi Sherzod Ahmatov AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
Dastur doirasida O‘zbekiston yoshlari IT-texnologiyalar bo‘yicha o‘qitiladi. Darslar uzbekcoders.uz onlayn platformasida bo‘lib o‘tadi. 2025–2026-yillarda 2,5 millionga yaqin kishilar xalqaro IT sertifikatlarini olishi rejalashtirilgan.
Ahmatovning qayd etishicha, mamlakat rezidentlari Coursera platformasida ta’lim kurslarini tamomlagan holda IT sertifikatlarini ham olishlari mumkin bo‘ladi. Joriy yilning dekabr oyi boshida Coursera’dan 1,4 million O‘zbekiston fuqarosi foydalangan, ularning 50 foizi xotin-qizlarni tashkil qiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yilning yanvar – oktabr oylarida O‘zbekistonda telekommunikatsiya xizmatlari hajmi qariyb 17 trillion so‘mni tashkil etgani haqida yozgan edi.