O‘zbekiston fuqarolarining BAAga kirishda muammoga duch kelayotgani muhokama qilindi
eʼlon qilindi
Tomonlar vaziyatni tezroq tartibga solishga kelishib oldi
O‘zbekiston fuqarolarining Birlashgan Arab Amirliklari (BAA)ga kirishiga yo‘l qo‘yilmasligi bilan bog‘liq hodisa ushbu mamlakatlar diplomatlari tomonidan muhokama qilindi, deb xabar qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev kuni kecha BAAning O‘zbekistondagi elchisi Said Matar Al-Kemzini qabul qildi.
Tomonlar mavjud holatni imkon qadar qisqa muddatlarda hal qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rishga kelishib oldi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan bir necha o‘nlab O‘zbekiston fuqarolari BAAga kiritilmagani haqida yozgan edi.