Farg‘ona viloyatiga 3,7 milliard investitsiya jalb qilinadi

eʼlon qilindi
2025-yilda
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 3-dekabr kuni Farg‘ona viloyatining iqtisodiy rivojlanishi va tadbirkorlik muhitini yaxshilash masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Farg‘onada sanoat korxonalari soni qariyb 3 barobar oshib, 13 mingtaga yetdi. Investitsiya loyihalari natijasida 116 ming ish o‘rni yaratildi. Xorijiy investitsiyalar bu yil $1,5 mlrd.ni, eksport hajmi esa $910 mln.ni tashkil etdi.

Prezident yig‘ilishda «Qo‘qon» erkin iqtisodiy zonasining kengaytirilishi, 71 gektarda texnopark tashkil etilishi va Xitoy hamda Janubiy Koreya bilan katta investitsiya loyihalarini amalga oshirish rejalari haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, savdo-logistika markazlari va qishloq xo‘jaligi loyihalari orqali yangi ish o‘rinlari yaratish muhimligi ta’kidlandi.

Kelgusi yil uchun viloyatda $3,7 mlrd investitsiya jalb qilish, eksportni $1,5 mlrdga yetkazish va 500 ming kishini ish bilan ta’minlash vazifasi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatiga $2 milliard investitsiya yo‘naltirilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek