Janubiy Koreyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi

eʼlon qilindi
Mamlakatda harbiy holat e’lon qilingan
Foto: Ijtimoiy tarmoqdan

Janubiy Koreyadagi ichki siyosiy vaziyat sababli O‘zbekistonning Koreyadagi elchixonasi vatandoshlarni ehtiyotkorlikka chaqiradi. Bu haqda elchixona matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra elchixona O‘zbekiston fuqarolariga miting va namoyishlarda qatnashmaslik, odamlar gavjum joylardan chetda bo‘lish va shaxsiy xavfsizlikka e’tibor qaratishni tavsiya etdi.

Fuqarolarimiz zarurat tug‘ilgan holatda +82 10 3213 4505 yoki +82 10 2909 4334 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya prezidenti harbiy holat e’lon qilgan edi.

Shuningdek