Mobil aloqa operatorlariga aksiz solig‘i bekor qilinadi
eʼlon qilindi
Bu masala respublika parlamentida ko‘rib chiqildi
O‘zbekistonda mobil aloqa operatorlariga aksiz solig‘i bekor qilinadi. Bu masala mamlakat parlamentida «Soliq va budjet siyosatining 2025-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari» bo‘yicha qonun loyihasida muhokama qilindi.
Mazkur chora mobil aloqa va internet xizmatlari sifatini oshirish, shuningdek, sohaga ko‘proq investitsiya jalb qilishga qaratilgan.
Shu bilan birga, qonun loyihasida boshqa soliq turlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi ham nazarda tutilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan mobil aloqa uchun aksizni bekor qilish taklif qilingani haqida yozgan edi.