Oʻzbekiston fond bozori: «Oʻzmetkombinat» aksiyalari 30 foizga oshdi

eʼlon qilindi
22-noyabrdan 29-noyabr sanasigacha UCI fond indeksi 2,4 foizga oshdi
Foto: Pexels.com

«Toshkent» respublika fond birjasidan (RFB) joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati ortda qolgan haftani oʻsish bilan yakunladi. Kursiv Uzbekistan hafta davomida RFBdagi qimmatli qogʻozlarning oʻzgarish dinamikasini o‘rganib chiqdi.

22-noyabrdan 29-noyabr sanasigacha UCI fond indeksi 2,4 foizga oshdi. Aksiyalari eng koʻp oʻsishga erishgan kompaniyalar qatorini «Oʻzmetkombinat» (+30,56 foiz), «OʻzRTXB» (+13,58 foiz) va «Aloqa bank» (+12,48 foiz) band qildi.

Oʻz navbatida, haftani salbiy yakunlaganlar kompaniyalar qatoridan «Aloqabank»ning imtiyozli aksiyalari (-17,87 foiz), «Ipak yoʻli banki» (-4,21) va «Oʻzbektelekom» (-2,44 foiz) oddiy aksiyalari joy oldi.

Hafta davomida eng koʻp bitimlar amalga oshirilgan kompaniyalar roʻyxatidan esa «OʻzRTXB» (1279 ta), «Aloqa bank» (367 ta), «Hamkorbank» (228 ta) o‘rin oldi. Shuningdek, enga katta summadagi bitimlar «Oʻztemiryoʻlkonteyner» (200,06 mlrd soʻm), «Garant bank» (110 mlrd soʻm) va «Universal bank» (20 mlrd soʻm) kompaniyalari aksiyalarida amalga oshirildi.

20 ta yuqori likvidli aksiyalardan 14 tasi haftani yashil rangda yakunladi. Mazkur davrda «Toshkent» respublika fond birjasida 363,02 milliard soʻmlik 5,2 mingta bitim amalga oshirildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan oʻtgan haftada birjada 12,32 trln soʻmlik bitimlar amalga oshirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek