Uy-joyni ta’mirlash uchun ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish boshlandi

eʼlon qilindi
Mablag‘ “Mahalla yettiligi”ning tavsiyalari asosida ajratiladi
Foto: JanPietruszka / depositphotos.com

O‘zbekistonda uy-joylarni ta’mirlash yoki qurish uchun ipoteka krediti olishni xohlovchi fuqarolardan arizalar qabul qilish boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Kredit «Mahalla yettiligi»ning tavsiyalari asosida ajratiladi. O‘zbekiston fuqarolari 20-yil muddatga, yillik 17,5 foiz stavkada 120 million so‘mgacha olishlari mumkin.

Bunda online-mahalla.uz platformasi orqali imtiyozli kredit olish uchun ariza topshirish mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yilning yanvar – sentabr oylarida O‘zbekiston banklari tomonidan 11,7 trillion so‘mlik ipoteka kreditlari berilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek