Mercedes-Benz kompaniyasi yangi V-Class Marco Polo Horizon modelini taqdim etdi. Bu haqda Promobil xabar berdi.
Qayd etilishicha, avtomobil 163 ot kuchiga ega bo‘lib, dvigatel va to‘liq quvvatga ega tizim bilan jihozlangan. Shuningdek, mashina camping uchun mo‘ljallangan bo‘lib Marco Poloning asosiy versiyasi va ilk bora standart jihozda ikkita ortga suriladigan eshik bilan ta’minlangan.
Avtomobilda mebel va oshxona yo‘q, lekin qo‘lda ko‘tariladigan shift va uch o‘rindiqli divan-karavot mavjud. Shuningdek, rulni isitish funksiyalari taqdim etilgan.
Camping funksiyalari avvalgi modeldan olingan bo‘lib, yangiliklar orasida yangilangan old qism va 12,3 dyuymli ekran, yangilangan ventilyatsiya teshiklari, yangi rul dastagi va markaziy konsol mavjud.
Divan 1,93 x 1,35 metr o‘lchamdagi karavotga aylanishi mumkin. Bundan tashqari, 2,05 x 1,13 metr o‘lchamdagi karavotga ega ko‘tariladigan shift mavjud. Divan ostidagi ikki tortma narsalarni saqlash uchun joy sifatida taqdim etiladi.
Shuningdek, qora teridan tikilgan o‘rindiqlar uchun yostiqchalar, to‘rt zonali avtomatik iqlim nazorati va 360 daraja ko‘rish kameralari mavjud.
Ushbu avtomobil kompaniyaning so‘nggi benzinli kemperi bo‘lib, Mercedes-Benz 2026-yildan boshlab yengil tijorat avtomobillari va furgonlarni elektr VAN.EA platformasiga (EA «Elektrik Arxitekturasi»ni anglatadi) o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, hozirgacha Mercedes-Benz uchun kemperlar Westfalia zavodida, Reda-Videnbryukda ishlab chiqarilmoqda. Shuningdek, Mercedes-Benz yangi V-Class Marco Polo Horizon modelini Evropada 58,9 ming yevrodan boshlanuvchi narxda buyurtma qilish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan endilikda Mercedes-Benz’ga nafaqat xitoy motorlari, balki dasturiy ta’minoti ham o‘rnatilishi haqida xabar bergan edi.