Tabiiy gaz tariflari lokal qozonxonalar uchun pasaytirildi

eʼlon qilindi
650 so‘m miqdorda hisoblanadi
Foto: Pexels.com

Raqobat qoʻmitasi tashabbusi bilan koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlaridagi lokal qozonxonalarga tabiiy gaz yetkazib berish tariflari pasaytirildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, qaror aholi ehtiyojlari uchun issiqlik energiyasi xizmatlari narxini kamaytirishga qaratilgan.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, endilikda lokal qozonxonalar tabiiy gaz uchun maishiy iste’molchilar bazaviy tarifi (650 soʻm) boʻyicha hisob-kitob qiladi. Bu avvalgi qimmat tariflar muammosini bartaraf etib, aholi uchun qulay sharoit yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024-yil boshidan gaz bilan bog‘liq holatlar sabab 82 kishi vafot etgani haqida yozgan edik.

Shuningdek