Turkiyada eski namunadagi dollar kupyuralari muomaladan olib tashlandi

eʼlon qilindi
Soxta kupyuralar ommalashib ketgani sababli
Foto: Pexels.com

Turkiyada so‘nggi bir yarim oy ichida taxminan $600 mln.lik soxta $50 va $100 kupyuralar muomalada bo‘lgani aniqlangan. Bu haqda Son Dakika xabar berdi.

Unga ko‘ra, mazkur kupyuralar dasturiy ta’minoti eskirgan pul hisoblagichlaridan bemalol o‘tib ketgan, bankomatlar esa ularni qabul qilgan. Shundan so‘ng banklar va valyuta ayirboshlash punktlari bu kupyuralarni qabul qilishni to‘xtatishga majbur bo‘lgan.

Qayd etilishicha, soxta dollarlar, avvalo, sayyohlik hududlarida aniqlangan. Hozirda ularni ishlab chiqish va tarqatish bilan bog‘liq tergov ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Isroil bilan aloqalarini butunlay uzgani haqida yozgan edik.

Shuningdek