37 mingdan ortiq iste’molchilar kafolatlanmagan xizmatlardan foydalangan

eʼlon qilindi
Ortiqcha mablag‘ iste’molchilarga qaytarib berildi
Foto: Pexels.com

Raqobat qoʻmitasi respublika boʻylab 37 mingdan ortiq iste’molchilarga metrologik tekshiruvdan oʻtkazilmagan tibbiy jihozlar orqali xizmat koʻrsatilgani aniqladi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jumladan, Qoraqalpogʻistonda «Portativ EKG» uskunasi tekshiruvdan oʻtkazilmagan holda foydalanilib, 88 iste’molchidan 2,6 mln soʻm olingan. Buxoro viloyatida esa xizmatlar uchun ish haqi xarajatlari ortigʻi bilan hisoblanib, 35 mingdan ortiq iste’molchilardan qoʻshimcha 152 mln soʻm olingan. Shuningdek, Surxondaryoda 398 bemorga 8,9 mln soʻmlik xizmatlar kafolatlanmagan jihozlar bilan koʻrsatilgan.

Qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va ortiqcha mablagʻlarni iste’molchilarga qaytarish boʻyicha tibbiyot muassasalariga tegishli koʻrsatmalar berildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bukmekerlik xizmatlarini targʻib qiluvchi veb-saytlar bloklangan edi.

Shuningdek