Abbosbek Fayzullayev faoliyatini kuchli beshlik chempionatlaridan birida davom ettirishi mumkin
Oʻzbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev faoliyatini Faransiyaning «Monako» klubida davom ettirishi mumkin.
Maʼlum qilinishicha, Liga 1 klubi SSKA yarim himoyachisi uchun taxminan 15 million yevro taklif qilishga tayyor. Shu bilan birga, Moskva klubi Fayzullayevni qishki transfer oynasiga qoʻyib yubormoqchi emas.
Shuningdek, futbolchiga Ispaniyaning «Real Sosyedad» klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Fayzullayevning SSKA bilan shartnomasi 2026-yil iyuniga qadar amal qiladi. 21 yoshli yarim himoyasi joriy mavsumda RPLda 15 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanovga Angliyaning top klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergan edi.