Afgʻonistonda xotin-qizlarga tibbiy ta’lim olish rasman man etildi. Bu haqdagi farmon mamlakat rahbari Haybatulla Oxundzoda tomonidan qabul qilindi.
Ma’lum qilinishicha, Afgʻoniston Sogʻliqni saqlash vazirligi tibbiyot muassasalari rahbarlariga qizlarga endi ushbu muassasalarda oʻqishga ruxsat berilmasligini ma’lum qildi. Vazirlik rahbari 3-dekabrdan boshlab ayollar va qizlarning tibbiyot institutlari va texnikumlarga borishi taqiqlanishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, «Tolibon» ayollarga nafaqat erkaklar, balki boshqa ayollar bilan ham ochiqchasiga gaplashishni taqiqladi.
Avvalroq «Kursiv» Tolibon Oʻzbekistondagi elchisini tayinlangani haqida xabar bergan edi.