«Afrosiyob» poyezdlari Xivaga qatnovni boshlagani haqidagi xabarlar rad etildi

eʼlon qilindi
Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" xabar berdi
Foto: dmitryi / depositphotos

Ijtimoiy tarmoqlarda 7-dekabrdan boshlab Xivaga yuqori tezlikdagi «Afrosiyob» poyezdlari qatnovi boshlangani haqida xabarlar tarqaldi. Biroq bu ma’lumotlar haqiqatga mos emas, deb xabar bermoqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, Buxoro – Urganch – Xiva temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirish ishlari doirasida «Afrosiyob» poyezdi sinov tariqasida harakatlangan. Bu sinov yangi yo‘nalishni tekshirish va infratuzilmaning tayyorligini baholash maqsadida o‘tkazilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentdan Samarqandga qo‘shimcha elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek