Apple o‘z xodimlarini kuzatishda va huquqlarini cheklashda ayblanmoqda

eʼlon qilindi
Xodimlardan maxsus dastur o‘rnatish talab qilingan
Foto: Luxas Jackson/Reuters

Apple kompaniyasi yangi sud da’vosiga ko‘ra, xodimlarning shaxsiy qurilmalari va iCloud hisoblarini noqonuniy kuzatish, shuningdek, ish haqi va ish sharoitlarini muhokama qilishni taqiqlashda ayblanmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Kaliforniyada taqdim etilgan da’vo arizasida Apple xodimlardan maxsus dastur o‘rnatishni talab qilib, shaxsiy ma’lumotlariga kirish imkoniyatini olgani va xodimlarni ish sharoitlari haqida gapirishdan cheklagani aytilgan.

Shuningdek, kompaniya qonuniy himoya ostidagi fosh etish va muhokama huquqlarini cheklashda ayblanmoqda.

Apple o‘z bayonotida da’voni asossiz deb rad etdi va xodimlarning huquqlarini himoya qilishga sodiq ekanini ta’kidladi. Shu bilan birga, kompaniyaga qarshi bir nechta diskriminatsiya va kuzatuv ayblovlari bo‘yicha shikoyatlar ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple juda ingichka iPhone 17 Slim tayyorlayotgani haqida yozgan edik.

Shuningdek